Dunyoning dardlar tugamas ekan,
Ibodat lazzatin qalbga sol, Robbim.
Olamning havasi bari o’tkinchi,
Allohning zikri-la orom ol, qalbim.
Aslida tashvishning ketar yo’li – shu,
Qur’ondir har qanday dardning davosi.
Qur’onni tashlasang boshlanur g’amlar
Qur’on boshlangan on tashvish adosi.
Ey ko’nglim, tashna bo’l zikrga mudom,
Amal daftaringni beza har zamon.
Umringning eng go’zal damlari bo’lar,
Ko’zlaring Qur’onda bo’lgan har bir on.

Boboravshan qori Rasulov

17110cookie-checkAllohning zikri-la orom ol, qalbim
Дўстларга улашинг:

Сиз нима дейсиз, фикр қолдиринг!

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting