KONSTITUTSIYANI O’RGANISH – FUQAROLIK BURCHIMIZ

0
334

Hozirgi kunda yer yuzida mavjud davlatlarning deyarli barchasi о‘zlarining erkin siyosati, tili, davlat ramzlariga ega. Ammo ularning hammasi ham о‘z konstitutsiyasiga ega emas. Tо‘g‘ri, ularda konstitutsiya о‘rnini boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlar bajarishi mumkinki, konstitutsiya deb atalmish qat’iy belgilab qо‘yilgan qonun-qoidalar majmuasiga ega emas. О‘zining milliy ramzlari qatorida tilga olinadigan konstitutsiyaga bizning mamlakatimiz ham ega ekanligi kishini quvontiradi. Institutimizda о‘tkazilgan “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi!” nomli tadbir xuddi manashu mavzuga bag‘shlandi.

O’zbek xalqi xotirasida XX asrning so’nggi o’n yilligidagi shonli tarixiy voqealar abadiy muhrlanib qoladi. Aynan shu o’n yillikning boshlarida istiqlol sari qadam qo’yildi. Ajdodlarimizning azaliy orzusi mustaqillik – o’z taqdirini o’zi belgilash huquqi qo’lga kiritildi. Bu yillarda insonparvar , demokratik davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etish uchun zarur zamin yaratildi. Yangi ming yillik boshi XXI asr – o’zbek xalqi uchun O`zbekistonni buyuk davlatga aylantisih va inson huquqlari ustuvor bo’lgan farovon hayot qurish asri bo`ladi.

Bu borada jamiyat hayotining barcha sohalarida tub yangilanish va bunyodkorlik ishlari keng ko`lamda izchil amalga oshirilmoqda. Kelajagi buyuk O`zbekistonni yaratishga hissa qo`shish sh Vatan farzandlarining zimmasiga ulkan mas`uliyat yuklaydi. Yuksak mas`uliyatni anglab, jamiyatga o`rnatilgan tartib va intizomga amal qilib yashash huquqiy davlatga hos hususiyat hisoblanadi.

Shuni aytish kerakki, huquqiy davlat o`z-o`zidan bunyod bo`lmaydi. Buning uchun hayotta Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi ta`minlanishi kerak. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida yuksak huquqiy ong va huquqiy madaniyat bo`lishi, mas`uliyat va majburiyatni his qilib yashash tarzi qaror topishi zarur.

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – oliy yuridik kuchga ega huquqiy hujjatdir. Uning qabul qilinishi huquqiy tiklanish va taraqqiyot sari qadam bo`ldi.

O`zbekiston Respublikasining huquq tizimida Konstitutsiya huquqi tizimining birlamchi asosidir. U huquq tarmoqlari birligini, o`zaro muvofiqligini hamda harakatlanish prinsplarining yagonaligini ta`minlaydi. Huquqiy davlat yaratish sari rivojlanib borayotgan davlatimizda huquq ustuvorligini ta’-minlab borish muhim vazifalardan sanaladi. Konstitutsiyamizning ustuvorligi esa har birimizdan ulkan huquqiy mas`uliyatni talab qiladi. Ya`ni bu mas`uliyat konstitutsiya va qonunlarni bilishni, ularga amal qilib yashashni taqozo etadi. Bu esa konstitutsiyani o`rganish zarurligini bildiradi.

O`z huquq, erkinlik va burchlarimizni yanada chuqurroq anglashda qonunlarni   bilish   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.  Konstitutsiya    huquq   va erkinliklarni    mustahkamlash   bilan   birga   fuqarolar   zimmasiga   burch  va mas`uliyatlar yuklaydi. Burch degani, avvalo Konstitutsiyani o`qib o`rganish-dan boshlanadi. Konstitutsiyani bilgan kishi o`z hatti-harakatini qonun doirasi ichida amalga oshiradi. Boshqa kishilarning hamda jamiyat va davlatning huquqi va erkini hurmat qiladi.

Konstitutsiyani  bilish asosida sizda shakllangan huquqiy ong jamiyat taraqqiyotining  qudratli  kuchiga  aylanadi. Qonunlarni bilishning muhimligi oqibat natijada ana shunday maqsadni amalga oshirishga xizmat qiladi. Shu bois ajdodlarimiz qonunga hurmat va unda itoat qilishni qadrlagan. “Qonunni bilganga keng dunyo, qonunni bilmaganga  tor  dunyo”, “Qonunning kaliti adolat, adolat kaliti sahovat”, “Qonunbuzar-elbuzar, elbuzarni qonun tutar” va shu kabi hikmatli so`zlar ham qonunga bo`lgan ongli munosabatning mahsulidir.

O’zbekiston Respublikasining Konsitutsiyasi – bu davlat va butun boshli jamiyat hayotini tartibga solib turuvchi, har bir oilaga, har bir insonga ta’sir o’tkazuvchi jonli, ishlab turgan mexanizmdir!

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasida: «O’zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, qonun oldida tengdirlar», degan qoida mustahkamlab qo’yilgan.

 O’zbekiston Respublikasi XII chaqiriq Oliy Kengashining XI sessiyasida 1992-yil 8-dekabrda moddama-modda ovoz berish yo’li bilan mustaqil O’zbekiston davlatining asosiy qonuni Konstitutsiyasi qabul qilindi. Bu respublika tarixidagi buyuk voqeadir.

 Ammo birgina savol tug’iladi. Umuman “Konstitutsiya” so’zi qayerdan kelib chiqqan, ilk marotaba konstitutsiya qayerda qabul qilingan?!  Bu haqda ko’pchiligimiz  aniqa ma’lumotga ega emasmiz.

Ilk konstitutsiya 1787-yil Filadelfiya (AQSh)da  qabul qilingan. Konstitutsiya – har bir inson huquqlariga rioya etilishini ta’minlovchi davlat tuzumini va ushbu davlat fuqarolari burchlari hamda majburiyatlarini belgilaydi.

Bilamizki, 8-dekabr sanasini har yili kо‘tarinki kayfiyatda о‘tkazish odat tusiga aylangan. Negaki, bu sanada mustaqil О‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi qabul qilingan. 1992-yildan beri bu kun respublikamiz siyosiy hayotida muhim о‘rin tutgan kun sifatida qaralib kelinmoqda .

Shu о‘rinda tarixga bir nazar tashlasak: О‘zbekiston Respublikasining yangi konstitutsiyasini yaratish haqidagi ilk g‘oya Respublikamizning 1990-yil mart oyida bо‘lib о‘tgan о‘n ikkinchi chaqiriq Oliy Kengashning birinchi sessiyasidayoq aytilgan edi. Oliy Kengashning 1990-yil 20-iyunda e’lon qilingan “Mustaqillik deklaratsiyasi” mamlakatimiz yangi konstitutsiyasini ishlab chiqishga asos bо‘ldi, 64 kishidan iborat konstitutsiyaviy komissiya tuzuldi. Shunday qilib konstitutsiya loyihasining birinchi nusxasi 1991-yilning uchinchi choragida tayyorlab bо‘lindi. U muqaddima, 6 bо‘lim va 158 moddadan iborat bо‘ldi. Mukammallik darajasidan anchayin uzoq bо‘lgan konstitutsiya mustaqillikka erishilgandan sо‘ng qayta kо‘rilib, 1992-yil bahorda uning 149 moddani о‘z ichiga olgan ikkinchi nusxasi tayyorlandi. Bir qancha muhokamalardan sо‘ng konstitutsiyaning uchinchi nusxasi ham ishlab chiqildi. Shu yili konstitutsiya xalq muhokamasi uchun bir necha bor matbuotda e’lon qilindi. Taklif va tavsiyalar, xatlar kо‘rib chiqilib konstitutsiyaning mukammal varianti ishlab chiqildi.

Hozirgi kunda О‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasini о‘rganishga katta e’tibor berilmaoqda. Dasturga binoan ta’lim tizimiga kiruvchi muassasalarda bu yо‘nalishda yaxshigina tajriba ham tо‘plandi. Ushbu tadbirda bu masala yuzasida Oliy Majlisdan tashrif buyurgan deputatlar, institutimizning bir guruh yuristlari о‘zlarining muhim fikr va mulohazalarini bildirishdi. Konstitutsiyaning ayrim moddalari takrorlanib, ularning mazmun – mohiyati tadbirda ishtirok etgan yoshlar ongiga singdirildi. Bayram oldi fikrlardan sо‘ng iqtidorli ustoz va talabalar ishtirokida kansert dasturi ham namoyish etildi. Madhiyamizning jonbaxsh ohanglari bilan boshlangan tadbir, vatani ulug‘lovchi kuy-qо‘shiqlar jо‘rligida yakuniga yetdi. Tadbirdan yetarlicha ma’naviy ozuqa olgan talabalar о‘z haq-huquqlari haqida ma’lumotga ega bо‘lib, konstitutsiyaning о‘z hayotlarida tutgan о‘rni, uning baxtimiz qomusi ekanligiga yana bir bor amin bо‘ldilar.

TII 2 V guruh talabasi

 F.Komiljonova

ШАРҲ ҚОЛДИРИШ

Шарҳни киритинг!
Исмингизни киритинг